Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bekobodning chegaraoldi qishloqlarida noma’lum yirtqich paydo bo‘ldi (video)

Bekobodning chegaraoldi qishloqlarida noma’lum yirtqich paydo bo‘ldi (video)

Bekobodning Tojikiston bilan chegara qishloqlarida noma’lum yirtqich aholining qoramollariga hujum qilyapti. Mahalliy aholining aytishicha, bir oydan buyon 8 taga yaqin qoramolni bo‘g‘izlab ketgan. Shuningdek, qo‘riqchi itlarni ham turli darajada jarohatlab, ularning o‘limiga sabab bo‘lgan.

– Bir oydan buyon takrorlanyapti. Har 3-4 kunda bir keladi. Mollarga tongga yaqin hujum qilyapti. Shu kungacha 8 tacha qoramolni bo‘g‘izlab ketdi. Bir-ikkita tirik qolganlari ham bor. Ammo egalari jarohatlangan qoramollarini har qancha muolaja qilishmasin, tuzalib ketishiga umid yo‘qligini aytishyapti, – deydi tumandagi «Qushchi» mahallasida joylashgan 26-maktab xo‘jalik mudiri Oybek Abdurahimov.

Uning bildirishicha, noma’lum yirtqich asosan, qoramollarning yelka qismidan tishlab jarohat yetkazyapti. Ajablanarlisi, nobud bo‘lgan hayvonning jarohatidan yerga qon oqmayapti. Mahalliy aholining taxminicha, yirtqich mollarning qonini ichib ketayotgan bo‘lishi mumkin.

– 15-20 nafar ovchilar bilan iziga ham tushib ko‘rdik. Tajribali ovchilarning aytishicha, yirtqich itsimonlar oilasiga mansub, ehtimol bo‘ridir. Ammo shu kungacha uning nimaligini ko‘rolmadik. Biz Tojikiston bilan chegara hududlarga tomon yirtqichni qidirib ketganimizda Dalvarzin mahallasiga hujum qilibdi, bir itni o‘ldirib ketgan.

Mahalliy mutasaddi tashkilotlar e’tibor qaratishmayapti. Hududiy ekologlarga murojaat qildik. Kelishdi, ammo ular ham tayinli gap aytishmadi. Nobud bo‘lgan mol egalari itlar yeb quturish kasalligini yuqtirmasligi uchun ularni ko‘mib tashlashyapti, – deydi Oybek Abdurahimov.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring