BAAda ayollarni fohishalikka jalb qilib kelgan ayol O‘zbekistonga qaytariladigan bo‘ldi
Birlashgan Arab Amirliklarida jinoiy guruh tuzib, o‘bekistonlik ayollarni fohishalikka majburlab kelgan ayol mamlakatdan deport qilinadigan bo‘ldi.
Ma’lum bo‘lishicha, Interpolning Toshkent va Abu-Dabidagi MMBlarining hamkorlikdagi harakatlari natijasida xalqaro qidiruvga berilgan ushbu shaxsning deportatsiya masalasi hal qilindi.
Aniqlanishicha, ushbu ayol onasi va singlisi tomonidan izlangan, tergovda shaxsini aniqlashning imkoni bo‘lmagan shaxslar bilan avvaldan til biriktirib, ayollarni noqonuniy yo‘llar bilan fohishalik bilan shug‘ullanish uchun Birlashgan Arab Amirliklariga jo‘natish bo‘yicha uyushgan jinoiy guruh tuzishgan. Jabrlanuvchilarni oilasi bilan ajrashgan va moddiy qiyinchilikka duch kelgan ayollar orasidan topishgan. Shu tariqa, uchinchi davlatlar orqali BAAga olib chiqib, jabrlanuvchilarga yaxshi ish va’da qilingan, biroq Dubayga yetib kelgandan so‘ng ularning pasportini olib qo‘yishar va fohishalik bilan shug‘ullanishga jo‘natishardi.
Inerpolning Toshkent va Abu-Dabidagi MMBlari o‘rtasida o‘tkazilgan kelishilgan harakatlar va kelishuv natijasida jinoyatchi hibsga olingandan so‘ng O‘zbekiston huquq-tartibot idoralariga topshirish uchun deportatsiya qilish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter