Ayrim toifa o‘qituvchilarga 30 foizgacha miqdorda ustama to‘lab boriladi – loyiha
2024-yil 1-yanvardan boshlab davlat maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlariga ko‘p yillik xizmat qilganligi uchun pedagogik stajiga qarab30 foizgacha miqdorda ustama to‘lab borish rejalashtirilmoqda.
Bu haqda «O‘zbekiston – 2030» strategiyasini 2023-yilda sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident qarori loyihasida so‘z boradi.
Mazkur hujjat loyihasiga ko‘ra, 2024-yil 1-yanvardan boshlab Xorazm viloyatida eksperiment tariqasida, kelgusida esa, barcha boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ta’lim planshetlari bilan bosqichma-bosqich ta’minlash ham nazarda tutilmoqda.
Shu bilan birga ushbu muddatdan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarga oqsil, vitamin va minerallar bilan boyitilgan sut, yod bilan to‘yintirilgan non mahsulotlari berilishi yo‘lga qo‘yiladi.
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘quv yuklamasi 18 soatdan 16 soatga, yuqori sinf o‘qituvchilarinikini esa, 20 soatdan 18 soatga qisqartiriladi.
Ma’lumot uchun, «O‘zbekiston – 2030» strategiyasi 5 ta ustuvor yo‘nalishlar doirasida amalga oshiriladi. Yuqoridagi chora-tadbirlar strategiyaning har bir insonga o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun munosib sharoitlar yaratish yo‘nalishi doirasida ishlab chiqilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter