Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh Qurolli kuchlari qo‘mondoni O‘zbekistonga keldi

AQSh Qurolli kuchlari qo‘mondoni O‘zbekistonga keldi

O‘zbekiston mudofaa vaziri general-leytenant Bahodir Qurbonov AQSh Qurolli kuchlari Markaziy qo‘mondonligi qo‘mondoni general Maykl Kurillani qabul qildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xabar bermoqda.

Mudofaa vazirligi markaziy apparatida o‘tkazilgan ikki tomonlama hamkorlik uchrashuvida general-leytenant Bahodir Qurbonov general Maykl Kurillani O‘zbekistonga tashrifi bilan samimiy qutlab, ikki davlat o‘rtasida mudofaa sohasida o‘rnatilgan do‘stona munosabatlarning yildan-yilga mustahkamlanib borayotganini ta’kidladi.

Shuningdek, uchrashuv davomida tomonlar harbiy sohada erishilgan yutuqlar va kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan masalalar borasida ham hamkorlikni davom ettirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring