AOKA marhum jurnalist Davlatnazar Ro‘zmetov oilasidan xabar oldi
![AOKA marhum jurnalist Davlatnazar Ro‘zmetov oilasidan xabar oldi](https://static.xabaruz.com/crop/3/4/720_460_95_3472280085.jpg)
Kuni kecha Agentlikda o‘tkazilgan matbuot anjumanida marhum jurnalist Davlatnazar Ro‘zmetovning professional faoliyati, kamtarona va xokisor hayoti yodga olib o‘tilgan edi. Agentlik rahbari Komil Allamjonov marhumning oilasiga moddiy yordam ko‘rsatish masalasida tashabbus bildirgan edi.
Agentlik rasmiy saytida yozilishicha, tashkilot xodimlari ayni shu masala bo‘yicha Xorazm viloyatida bo‘ldi. Davlatnazar Ro‘zmetovning oila a’zolariga Agentlik tomonidan o‘quv qurollari, badiiy adabiyotlar hamda moliyaviy mablag‘ taqdim etildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter