Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijonda mehmonxona yer to‘lasida 25 ta mayning kripto-aktivlari qurilmalari o‘rnatilgani aniqlandi

Andijonda mehmonxona yer to‘lasida 25 ta mayning kripto-aktivlari qurilmalari o‘rnatilgani aniqlandi

Andijonda fuqaro mehmonxonasi yer to‘lasida 24 ta to‘plamdagi mayning kripto-aktivlari qurilmalarini o‘zboshimchalik bilan umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga ulab, jami 183,6 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan. Bu haqda Prokuratura Departamenti xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon viloyat boshqarmasi tomonidan «O‘zenergoinspeksiya» Andijon hududiy bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro B.K. «A.» mehmonxonasi yer to‘lasida 24 ta to‘plamdagi mayning kripto-aktivlari qurilmalarini o‘zboshimchalik bilan umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga ulab, jami 183,6 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring