Andijonda ham haydovchi 10 yoshli qizchani urib yubordi
Bugun, 8-iyul kuni, Andijon shahar O‘zbekiston ko‘chasidagi tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyida 1999-yilda tug‘ilgan haydovchi A.X. o‘zining «Cobalt» rusumli transport vositasida 10 yoshli qizchani urib yubordi.
Viloyat IIB bergan xabarga ko‘ra, haydovchi YTHda yo‘lning o‘ng tarafidan chap tarafiga kesib o‘tayotgan 2014-yilda tug‘ilgan X.S. tan jarohatlari bilan shahar shifoxonasiga yotqizilgan.
Hozirda holat yuzasidan Andijon shahar IIO FMB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, bir muddat oldin Navoiy viloyatining Xatirchi tumanida ham 9 yoshli qizcha YTH ishtirokchisi bo‘lgan va afsuski, olgan tan jarohatlari sabab voqea joyida halok bo‘lgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter