Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Aka ukasining 10 yillik alimentini to‘lab berdi

Aka ukasining 10 yillik alimentini to‘lab berdi

Majburiy ijro byurosining Farg‘ona viloyati Buvayda tuman bo‘limi ish yurituvida mavjud ijro ishiga ko‘ra, sudning 2013-yildagi qaroriga asosan qarzdor N.X. dan bir nafar voyaga yetmagan farzandi uchun aliment undirish belgilangan.

Aliment majburiyatlari qarzdorga tushuntirilgan bo‘lsa-da, qarzdor ota so‘nggi vaqtlarda aliment uchun to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirmay qo‘yganligi oqibatida 24 mln so‘m qarzdorlik yuzaga keladi.

Biroq, ota aliment majburiyatlarini bajarish o‘rniga davlat ijrochilaridan qochib yurishni o‘ziga ravo ko‘radi.

Majburiy ijro harakatlari davomida 2024-yilning 12-sentyabr kuni N.X.ga nisbatan qidiruv e’lon qilinib, qarzdor bugungi kunda Sirdaryo viloyatida yollanma ishchi sifatida ishlab yurganligi aniqlanadi.

Shundan so‘ng, MIB xodimlari va jamoatchilik vakillari tomonidan qarzdorning yaqin qarindoshlariga aliment to‘lamaslikning huquqiy oqibatlari tushuntiriladi va shu joyda qarzdorning akasi mardlik ko‘rsatadi.

Ya’ni, fuqaro M.X. ukasining alimentdan qarzi uchun 9 mln so‘m to‘lov amalga oshirib, qarzdorlikning qolgan qismi uchun undiruvchiga guruch taklif qiladi va undiruvchining roziligi bilan aliment hisobiga 1 112 kg guruch berilib, tilxat asosida aliment qarzdorligi to‘liq qoplanadi.        

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring