Aholining ehtiyojmand qatlami uchun davlat boji kamaytirildi
Joriy yil 16-yanvarda qabul qilingan O‘RQ-896-sonli qonun bilan «Davlat boji to‘g‘risida»gi qonunga aholining ehtiyojmand qatlamini qo‘llab-qkvvatlashga doir qo‘shimcha va o‘zgartirish kiritildi.
Unga ko‘ra, Ijtimoiy himoya yagona reyestrida ro‘yxatga olingan shaxslarga, shuningdek I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga davlat xizmatlari markazlari va (yoki) Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali davlat xizmatlarini ko‘rsatishda davlat bojlari, yig‘imlar va boshqa har qanday to‘lovlar bo‘yicha 50 foizlik chegirma qo‘llaniladi.
Tadbirkorlik faoliyati maqsadlarida yoki yuridik shaxsning vakili sifatida murojaat qilingan hollar esa bundan mustasno.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter