Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

8 ming soxta dollarni yarim narxiga sotayotgan namanganlik «tadbirkor» ushlandi

8 ming soxta dollarni yarim narxiga sotayotgan namanganlik «tadbirkor» ushlandi

Respublikaning uch hududida qalbaki kupyuralarning muomalaga kiritilishiga oid jinoiy harakatlar aniqlanib, ularning oldi olindi.

Jumladan, Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Namangan viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro F.X. qalbaki 8 300 AQSh dollarini fuqaro E.I.ga 4 150 AQSh dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shuningdek, Departamentning Yashnobod tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda esa, fuqaro A.K. «G.B.» mehmonxonada xizmat faoliyatini olib borayotgan D.P.ga qalbaki 500 AQSh dollarini 5,2 mln so‘mga sotganligi aniqlangan.

Departamentning Yangiyo‘l shahar bo‘limi tomonidan Milliy gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda esa fuqarolar D.A. va M.X. Yangiyo‘l shahar dehqon bozorida amalga oshirgan xaridi uchun YaTT «K.I.»ning sotuvchisi D.A.ga 2 dona 50 kupyurali qalbaki AQSh dollari berganligi aniqlanib, ularning yonidan qalbaki 300 AQSh  dollari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring