Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

3 kunda energiya resurslaridan 5 mlrd so‘mga teng o‘g‘rilik sodir etilgan – Energetika vazirligi

3 kunda energiya resurslaridan 5 mlrd so‘mga teng o‘g‘rilik sodir etilgan – Energetika vazirligi

Samarqand viloyatida so‘nggi 3 kunda ayrim iste’molchilarning energiya resurslaridan noqonuniy foydalanishlari natijasida tizimga 5 mlrd so‘mlik zarar yetkazilganligi aniqlandi.

Energetika vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, joriy yilning 7 – 9 fevral kunlari vazirlik huzuridagi «O‘zenergoinspeksiya» tomonidan Bosh prokuratura, IIV, hamda elektr va gaz ta’minoti korxonalari xodimlari bilan hamkorlikda Samarqand viloyatida o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanilgan 23 ta holat aniqlandi.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, tizimga 5 mlrd so‘mlik zarar keltirilganligi ma’lum bo‘ldi.

Xususan, Paxtachi tumanida «X.Q.S.» MChJga qarashli issiqxona tabiiy gazdan noqonuniy foydalanishi natijasida 3 mlrd 300 mln so‘mlik zarar yetkazilgan.

Urgut tumanida esa «S.N.» MChJga qarashli ishlab chiqarish sexining transformatori o‘zboshimchalik bilan almashtirilgan bo‘lib, ushbu holat bo‘yicha 700 mln so‘m miqdorida qayta-hisob amalga oshirildi.

Qoidabuzar iste’molchilarga nisbatan belgilangan tartibda chora ko‘rish uchun tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilindi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring