Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

2023-yil uchun Davlat budjetiga oid Qonun qayta ko‘rib chiqiladi

2023-yil uchun Davlat budjetiga oid Qonun qayta ko‘rib chiqiladi

«2023-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida»gi Qonuni qayta ko‘rib chiqiladi.

Bu haqda Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasining «2023-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida»gi Qonuni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 2022-yil 30-dekabrdagi PQ-471 qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar hamda Hisob palatasi 2023-yilning 1-apreliga qadar «2023-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga o‘zgartirish va kiritish to‘g‘risida»gi qonun loyihasini ishlab chiqadilar.

Bunga qadar esa vazirlik va idoralarga vaqtinchalik xarajatlar smetalari asosida begilangan tartibda budjetdan mablag‘ ajratiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring