Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

2022-yilda O‘zbekistonning import xarajatlari eksportdan ikki barobar oshgan – MB

2022-yilda O‘zbekistonning import xarajatlari eksportdan ikki barobar oshgan – MB

Jami tovarlar va xizmatlar eksporti (oltinsiz) o‘tgan yilga nisbatan 23 foizga yoki 2,8 mlrd. dollarga oshib, 2022-yilda 15,1 mlrd. dollarga yetdi. Bu haqda Markaziy bankning tomonidan tayyorlangan 2022-yil uchun to‘lov balansi joriy operatsiyalari hisobining dastlabki ko‘rsatkichlarida qayd etildi.

Xususan, tovarlar eksporti (oltinsiz) o‘tgan yilga nisbatan 18 foizga yoki 1,8 mlrd. dollarga oshib, 11,8 mlrd. dollarni (2021-yilda 10 mlrd. dollar) tashkil etdi.

Tovarlar eksportining asosiy qismini:

  • to‘qimachilik va to‘qimachilik buyumlari – 3,3 mlrd. dollar (2021-yilda 3,2 mlrd. dollar);
  • qimmatbaho bo‘lmagan metallar va ulardan buyumlar – 1,7 mlrd. dollar (2021-yilda 1,6 mlrd. dollar);
  • mineral mahsulotlar – 1,3 mlrd. dollar (2021-yilda 962 mln. dollar);
  • kelib chiqishi o‘simlikka mansub mahsulotlar – 1,3 mlrd. dollar (2021-yilda 1,2 mlrd. dollar) tovar guruhlari tashkil etdi.

Xizmatlar eksporti o‘tgan yilga nisbatan 46 foizga yoki 1 mlrd. dollarga oshib, 3,3 mlrd. dollarni (2021-yilda 2,3 mlrd. dollar) tashkil etdi.

Xizmatlar eksporti tarkibida asosiy o‘sish transport va safarlar bilan bog‘liq xizmatlar komponentiga to‘g‘ri kelib, 2,6 mlrd. dollarga yetdi.

Tovarlar va xizmatlar importi esa  o‘tgan yilga nisbatan 26 foizga yoki 7,2 mlrd. dollarga oshib, 2022-yilda 35 mlrd. dollarga yetdi.

Jumladan, tovarlar importi 28,6 mlrd. dollarni tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 24 foiz yoki 5,5 mlrd. dollarga ko‘paydi.

Tovarlar importining asosiy qismi:

  • mashinalar, uskunalar, mexanizmlar – 7,9 mlrd. dollar (2021-yilda 6,2 mlrd. dollar); 
  • qimmatbaho bo‘lmagan metallar va ulardan buyumlar – 3,7 mlrd. dollar (2021-yilda 3,2 mlrd. dollar); 
  • transport vositalari va ularning ehtiyot qismlari – 3,6 mlrd. dollar (2021-yilda 2,8 mlrd. dollar); 
  • kimyo sanoati mahsulotlari – 3,3 mlrd. dollar (2021-yilda 2,9 mlrd. dollar) tovar guruhlariga to‘g‘ri keldi.

Xizmatlar importi o‘tgan yilga nisbatan 34 foiz yoki 1,6 mlrd. dollarga oshib, 6,3 mlrd. dollarni (2021-yilda 4,7 mlrd. dollar) tashkil etdi. Bunda, xizmatlar importi tarkibida 2021 yilga nisbatan transport xizmatlari 440 mln. dollarga oshgan bo‘lsa, safarlar bilan bog‘liq xizmatlarda esa 1 mlrd. dollarga o‘sish kuzatildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring