100 ga yaqin o‘zbekistonlikda koronavirus aniqlandi
Kecha, 18 noyabr juma kuni O‘zbekistonda 92 nafar fuqaroda koronavirus aniqlangan. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
2022 yil 18 noyabr kuni ro‘yxatga olingan bemorlarning:
- 3 nafari Buxoro viloyatida,
- 1 nafari Qashqadaryo viloyatida,
- 2 nafari Namangan viloyatida,
- 2 nafari Samarqand viloyatida,
- 1 nafari Surxondaryo viloyatida,
- 2 nafari Xorazm viloyatida,
- 10 nafari Toshkent viloyatida,
71 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida qayd etildi.
Qayd etish joizki, COVID-19 bilan kasallanganlar soni ketma-ket to‘rtinchi kun ortib bormoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter