10 oyda O‘zbekistonga 5,5 mln nafardan ortiq turist kelgan
Statistika agentligi 2023-yilning yanvar-oktyabr oylarida O‘zbekistonga kelgan chet fuqarolarining safar maqsadlari bo‘yicha sonini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, hisobot davrida O‘zbekistonga jami 5 mln 545,3 ming nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda tashrif buyurgan.
Ularning safar maqsadlari quyidagicha:
- qarindoshlarni yo‘qlash — 4 mln 652,6 ming kishi;
- bo‘sh vaqt va dam olish — 659,9 ming kishi;
- xizmat yuzasidan — 115,9 ming kishi;
- davolanish — 50,3 ming kishi;
- tijorat — 51,9 ming kishi;
- o‘qish maqsadida — 14,7 ming kishi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter