Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

10 oyda 18 mlrd so‘mdan ortiq smartfonlar chegarada ushlab qolingan

10 oyda 18 mlrd so‘mdan ortiq smartfonlar chegarada ushlab qolingan

Bojxonachilar yirik miqdorda uyali telefonlarni yurtimizga noqonuniy olib kirilishini fosh etishdi.

Ma’lum qilinishicha, Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi viloyat DXX xodimlari bilan hamkorlikda Farg‘ona tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, fuqaro Yo.I. boshqaruvidagi «Mersedes Bens» rusumli yuk avtotransport vositasi to‘xtatilib, xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilgan.

Natijada, avtotransport vositasining yukxonasidagi maxsus yasalgan xufiyona qismida, tegishli hujjatlari bo‘lmagan  umumiy qiymati 1 mlrd. 13 mln. so‘mlik 19 turdagi jami 484 dona uyali aloqa vositalari borligi aniqlandi.

Yana bir holatda, Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Vodil tumanida «Captiva» avtomashinasi kuzatuvga olinadi.

Kuzatuvga tushganini sezib qolgan haydovchi zudlik bilan mashinadagi tovarlarni yo‘l chetidagi gulzor orasiga tashlab, yashirinadi.

Mazkur tovarlar belgilangan tartibda va xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, ushbu tovarlar umumiy qiymati 621 mln. so‘mlik 9 turdagi 270 dona uyali aloqa vositalari ekanligi aniqlandi.

Shuningdek, Namangan viloyati bojxona boshqarmasi DXX vakillari bilan hamkorlikda Pop tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro I.B. boshqaruvidagi «Cobalt» avtomashinasi to‘xtatilib ko‘zdan kechirilganida, avtomashina salonidagi  sintetik qopda xorijda ishlab chiqarilgan 4 turdagi jami 138 dona uyali aloqa vositalari borligi aniqlandi. Tezkor tadbir davom ettirilib, Namangan shahrida fuqaro X.M.ning yashash xonadoni belgilangan tartibda ko‘zdan kechirilganida, bu yerda ham  xuddi shu turdagi telefonlardan 17 donasi borligi aniqlandi.

Namangan viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida tegishli hujjatlari bo‘lmagan umumiy qiymati 503 mln. 750 ming so‘mlik 155 dona uyali aloqa vositalari ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi.

Yuqoridagi holatlar yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

DBQ bergan ma’lumotlarga ko‘ra, bojxona xodimlari joriy yilning o‘tgan davri mobaynida aniqlangan 327 ta bojxona qonunbuzilishi holatlarida qiymati 18,6 mlrd so‘mlik 12 ming 548 dona uyali aloqa vositalarining noqonuniy olib kirilishiga chek qo‘yishgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring