1-maydan rasmiy daromadi yetarli bo‘lmaganlarga ham ipotekaga uy olish imkoni yaratiladi
Joriy yil 1-maydan boshlab rasmiy daromadi yetarli bo‘lmagan aholiga ham ipoteka krediti olish imkoni yaratiladi. Bunda ularning to‘lov qobiliyatini aniqlashda bank kartasidagi aylanma, ijara, kommunal va boshqa xarajatlarga to‘langan pullari ham hisobga olinadi.
Bu haqda Prezident ishtirokida bo‘lib o‘tayotgan yig‘ilishda ma’lum qilindi.
Davlat rahbari jumladan, qurilish hajmlarini o‘z vaqtida ta’minlash har bir viloyat iqtisodiy ko‘rsatkichlarining o‘sishiga katta turtki berishini ta’kidladi. Shu bois, aholi va quruvchilar uchun yangi yengillik va imkoniyatlar yaratiladi.Ya’ni, ipoteka krediti va subsidiya bilan ko‘proq aholi qamrab olinadi.
Bunda:
– dastlabki badalni ko‘proq to‘lagan fuqarolar bankdan arzonroq kredit olish imkoniyatiga ega bo‘ladi;
– subsidiyaga ajratilgan mablag‘larni tezroq ishlatish uchun subsidiya xabarnomasining amal qilish muddati 12 oydan 4 oyga tushiriladi. Ya’ni, bu muddat qisqartirilishi orqali subsidiyadan ko‘proq aholi foydalanishi uchun imkoniyat yaratilayapti.
Shu bilan birga, 4 oy davomida sertifikatidan foydalanmagan fuqarolarga subsidiya olish uchun yana qayta murojaat qilish huquqi beriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter