Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

YuNESKOda Markaziy Osiyo uchun tarixiy qaror qabul qilindi

YuNESKOda Markaziy Osiyo uchun tarixiy qaror qabul qilindi

Foto: «Nigoh»

20-oktyabr kuni YuNESKO Ijroiya kengashining O‘zbekiston uchun muhim yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda «Xiva jarayoni: Markaziy Osiyoda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish» qaror loyihasi qabul qilindi.

Hujjatda «Xiva jarayoni» deb nomlangan mintaqaviy hamkorlik uchun yangi platforma yaratilishi ko‘zda tutilgan.

Platformaning maqsadi – Markaziy Osiyo va undan tashqarida hamkorlikni mustahkamlash. Hujjatga 23 ta davlat hammualliflik qildi.

«Xiva jarayoni» g‘oyasi prezident Sh.Mirziyoyev tashabbusi bilan sentyabr oyida o‘tkazilgan «Markaziy Osiyo – jahon sivilizatsiyalari chorrahasida» xalqaro madaniyat forumi paytida paydo bo‘ldi.

YuNESKO bu tashabbusni o‘zbek tomoni ilgari surgani uchun minnatdorlik bildirdi va «Xiva jarayoni»ni amalga oshirish bo‘yicha O‘zbekiston bilan hamkorlik o‘rnatishga tayyorligini bildirdi.

O‘zbekiston shu nomdagi rezolyusiyani ilgari surish bo‘yicha ishlarni boshlab yubordi, u YuNESKO Bosh konferensiyasining 41-sessiyasiga (9-24-noyabr kunlari Parijda bo‘lib o‘tadi) tasdiqlash uchun taqdim etiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring