Yana bir tarixiy film katta ekranlarga chiqish arafasida (foto)
8 maydan yurtimiz kinoteatrlarida Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan yaratilgan «Meros» filmi tomoshabinlar e’tiboriga havola etiladi. Filmda bosh rollarni Fotih Nasimov va so‘ngi paytlarda bir necha rollari bilan tomoshabinlar nazariga tushgan mahoratli aktrisa Oysanam Yusupovalar ijro qilgan.
Unda o‘zbek va qozoq xalqlarinig qadimiy do‘stligi, an’analari haqida hikoya qilinadi. Filmda qozoq yigiti odatlariga ko‘ra, Aygulni olib qochib ketadi va unga uylanadi. Vaqt o‘tib urush sabab Aygul turmush o‘rtog‘idan ajraladi. So‘ngra o‘zbek yigiti Baxshulloni uchratib qoladi. Xo‘sh, Baxshullo va Aygulning keyingi taqdiriga qiziqqan bo‘lsangiz, filmni o‘zingiz ko‘rganingiz ma’qul!
Yangi kinokartina o‘zbek va qozoq tomoshabinlariga birdek manzur bo‘lishiga shubha yo‘q.
Ijodiy jamoa — film ssenariy muallifi va rejissyor Hilol Nasimov, postanovkachi operator Husan Aliyev, kompozitor Dmitriy Yanov-Yanovskiy, postanovkachi rassom Fazliddin Turdiyev.
Yana rollarda Rustam Karimov, Munavvara Abdullayeva, G‘ayrat Husayinov, Bobur Aytbagambetov va boshqalar qatnashgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter