Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xonandalarning chet elda konsert berishi tartibga solinadi

Xonandalarning chet elda konsert berishi tartibga solinadi

Foto: «O‘zbekkonsert» DM

Kecha, 16-yanvar kuni «Turkiston» san’at saroyida Milliy estrada san’atini rivojlantirish va muvofiqlashtirish Kengashining 2017-yildagi faoliyati yakunlariga bag‘ishlangan yillik anjuman tashkil etildi. Bu haqda «O‘zbekkonsert» DM xabar berdi.

Yillik hisobot anjumanida Milliy estrada san’atini rivojlantirish va muvofiqlashtirish kengashi raisi, O‘zbekiston xalq shoiri, Oliy Majlis senati a’zosi Iqbol Mirzaaliyev, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Ozodbek Nazarbekov, «O‘zbekkonsert» davlat muassasasi direktori Odil Abduqaxxorov ishtirok etdi.

Anjumanda belgilangan vazifalardan oqilona foydalanilmayotgani uchun badiiy kengash tartibini 30 foizga o‘zgartirishga qaror qilindi. Efirga uzatilayotgan videoklip va qo‘shiqlar saviyasini baholash maqsadida xulosa beruvchi Badiiy kengash tuzilishi bo‘yicha taklif va mulohazalar bildirildi.

Shuningdek, xonandalarning xorijga chiqishi va u yerda konsert dasturini amalga oshirish tartibini tasdiqlash kabi boshqa masalalar ham muhokama qilindi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring