Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xivada turkiy xalqlar yig‘iladi

Xivada turkiy xalqlar yig‘iladi

Foto: Madaniyat vazirligi

TURKSOY xalqaro tashkiloti hamda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamkorligida 30-31 mart kunlari Xiva shahrida «Xiva 2020 Turk dunyosi madaniyati poytaxti» yili munosabati bilan bir qator tadbirlar o‘tkaziladi. Bu haqda Madaniyat vazirligi matbuot xizmati Xabar.uz’ga ma’lum qildi.

«Xiva 2020 yilda turkiy dunyo madaniyati poytaxti» yilining tantanali ochilish marosimi Xiva shahridagi «Ichan-qal’a» muzey qo‘riqxonasi va Nurillaboy saroyi majmuasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Tadbirda ishtirok etish uchun YuNESKO, AYSESKO, MDH, ShHT kabi xalqaro tashkilotlari vakillari, olimlar, ilmiy-tadqiqot markazlari rahbarlarining ishtirok etishi kutilmoqda.

Shuningdek, O‘zbekiston va xorijiy san’atkorlar ishtirokida konsert dasturi, namoyish etiladi. Shu bilan birga, mehmonlar folklor, xalq ijodiyoti namunalari va milliy hunarmadchiligimiz hamda milliy taomlardan bahramand bo‘lishadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring