Xiva shahri Turk dunyosi madaniyati poytaxti sifatida e’lon qilindi
Xalqaro Turkiy tashkiloti (Turksoy) tomonidan 2020 yilda Xiva shahri Turk dunyosi madaniyati poytaxti sifatida e’lon qilindi. Bu haqda madaniyat vazirligi matbuot xizmati xabar berib o‘tgan.
Xalqaro Turkiy tashkiloti (Turksoy) – turkiyzabon davlatlarini birlashtiruvchi tashkilotdir. Bu tashkilot tomonidan turkiy xalqlarning umumiy moddiy madaniy merosi va yodgorliklarini saqlash, rivojlantirish va kelajak avlodlarga yetkazish maqsad qilingan.
Joriy yilning 30 noyabr kuni Qirg‘iziston Respublikasi O‘sh shahrida o‘tkazilayotgan XXXVI navbatdagi quriltoyda Turksoy tomonidan 2020 yilda Xiva shahri Turk dunyosi madaniyati poytaxti deb rasman e’lon qilindi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter