Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xalqaro teatr kuni va BOLALAR (foto)

Xalqaro teatr kuni va BOLALAR (foto)

Varshavadagi teatr

Bugun, 27-mart — Xalqaro teatr kuni. Yevropaning ayrim mamlakatlari teatrlari oldida DETI (BOLALAR) yozuvi paydo bo‘ldi.

Vilnyusdagi teatr

Xalqaro teatr kunini ko‘plab shaharlar shunday nishonlamoqda. Bu Ukrainaning Mariupol shahridagi yerto‘lasida minglab odamlar yashiringan drama teatri oldidagi xuddi shunday yozuvga ishora.

Mariupolliklar osmonda ham ko‘rinsin deb BOLALAR ni ulkan harflarda yozishgandi. Shunda ham teatrga havodan zarba berildi. Mariupol hukumati ma’lumotiga ko‘ra, 300 nafardan ko‘p odam halok bo‘lgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring