Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Xalq yuragi» turkum hujjatli filmlarining taqdimoti o‘tkazildi

«Xalq yuragi» turkum hujjatli filmlarining taqdimoti o‘tkazildi

Foto: Xabar.uz

«Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi» DUK tomonidan ishlab chiqilgan «Xalq yuragi» hujjatli filmlarining tantanali namoyishi bo‘lib o‘tdi. Ushbu filmlar Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan suratga olingan. 

Prezident Shavkat Mirziyoyev 2020-yil 20-may kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘ida barpo etilgan «Adiblar xiyoboni»ga tashrifi davomida ushbu turkum filmlarni suratga olishni taklif etgan edi. Ijod namunalari «Adiblar xiyoboni»da yodgorligi o‘rnatilgan 24 ta adibning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan.

Film ijodkorlarining ta’kidlashicha, ushbu filmlar mamlakatimiz mustaqilligining 30 yilligiga chinakam tuhfa bo‘lmoqda.

Hujjatli filmlar orasida Alisher Navoiy, Bobur, Berdaq va Abdulla Oripov kabi ijodkorlarga bag‘ishlangan filmlar borligi alohida e’tiborga molikdir.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring