Vasiliy Lanovoy 87 yoshida vafot etdi

Sobiq ittifoq xalq artisti Vasiliy Lanovoy 87 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda Moskva shahri meri Sergey Sobyanin «Instagtam»dagi sahifasida ma’lum qildi.
Xabarlarga ko‘ra, payshanba kuni Vasiliy Lanovoyning ahvoli yomonlashgach, kasalxonaning jonlantirish bo‘limiga o‘tkazilgandi. OAVda tarqalgan xabarlarga ko‘ra, uni o‘pkani sun’iy ventilyasiyalash qurilmasiga ulashgandi.
2021-yil yanvar oyi boshlarida Vasiliy Lanovoy hamda rafiqasi, aktrisa Irina Kupchenko koronavirus infeksiyasini yuqtirgani ma’lum bo‘lgandi.
Vasiliy Lanovoy 1934-yilning 16-yanvar kuni Moskvada tug‘ilgan. «Alvon yelkanlar», «Ofitserlar», «Urush va tinchlik», «Bahorning o‘n yetti lahzasi» va boshqa ko‘plab filmlardagi rollari bilan tomoshabinlar yodida qolgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter