Ulkan qadriyatga beshik Buxoro
Buyuk ipak yo‘li chorrahasida joylashgan Buxoroyi sharifning ko‘p asrlik madaniy meros ob’yektlari mujassam betakror va boqiy eski shahar manzilida Buxoro viloyat hokimligi tashabbusi bilan Madaniyat boshqarmasi, «O‘zbekturizm» milliy kompaniyasi hududiy boshqarmasi, «Hunarmand» ijodiy uyushmasi, «Oltin meros» xalqaro jamg‘armasi va qator nodavlat-notijorat tashkilotlari tashabbusi bilan keng qamrovli an’anaviy loyiha — XVII «Ipak va ziravorlar» festivali tashkil etildi.
Mazkur loyiha zamirida xalqimizning asriy urf-odatlari, milliy hunarmandchilik va amaliy san’ati, musiqa, raqs, xalq og‘zaki ijodi, bir so‘z bilan aytganda, boy madaniy merosimizni saqlash, uni qayta tiklash, yurtimiz va xorijda keng targ‘ib etishdek olijanob maqsad mujassam.
Guzal va betakror Buxoroyi sharifda tashkil etilgan festivalning tantanali ochilish marosimi Nodir Devonbegi majmuasida bo‘lib o‘tdi.
Tabrik uchun so‘zga chiqqan Buxoro shahar hokimi Karim Kamolov va respublika savdo-sanoat palatasi raisi Ulug‘bek Abdullayevlar festival ishtirokchilarini samimiy qutlashdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter