Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda mashhur aktyorning yangi filmi taqdim etildi

Toshkentda mashhur aktyorning yangi filmi taqdim etildi

Bugun «O‘zbekfilm» kinokonsernida rossiyalik mashhur aktyor, rejissyor, ssenarist, vayner va shoumen Yevgeniy Kulik ishtirokida ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda yoshlar uchun uning nufuzli xalqaro mukofotlarga sazovor bo‘lgan «2050» qisqa metrajli filmi namoyish qilindi. Shuningdek, kinofestival mehmoni tashrif davomida o‘z tajribalarini yig‘ilganlar bilan o‘rtoqlashdi.

O‘zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan qayta tiklangan Toshkent xalqaro kinofestivalining to‘rtinchi kuni ham Jerar Deparde, Pavel Priluchniy, Timur Bekmambetov kabi dunyoga mashhur ko‘plab ijodkorlar bilan uchrashuvlarga boy o‘tmoqda.

Kinematografiya agentligi Axborot xizmati

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring