«Titanik» kemasidagi qimmatbaho buyum nima edi?
Yozuvchi va shoir Nabi Jaloliddin bilan adabiyot, tanqidchilik, ijtimoiy muammolar haqida bo‘lib o‘tgan suhbatda adib «Titanik» kemasi bilan birga cho‘kib ketgan eng qimmatbaho buyumlardan biri haqida gapirdi.
Uning aytishicha, o‘rganishlar chog‘ida kemada cho‘kib ketgan artefaktlar orasida Umar Xayyomning asil ruboiylar to‘plami bo‘lgani aniqlangan.
Suhbatda davomida:
- hozirgi adabiyotimiz ahvoli, tanqidchilik va tarjimonlik
- Cho‘lpon shaxsi, u haqdagi romanning yozilish tarixi
- Umar Xayyom shaxsi, u haqdagi romanning yozilish tarixi
- «Titanik» kemasidagi eng qimmatbaho buyum
- kadrga sig‘magan gaplarni ko‘rishingiz mumkin.
Nabi Jaloliddin bilan o‘tkir suhbat:
Eslatib o‘tamiz, yaqin kunlarda Abdulhamid Cho‘lpon hayoti haqida hujjatli film premerasi bo‘lib o‘tadi. Keyingi yilda esa badiiy film suratga olinadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter