Teleradioeshittirish sohasini rivojlantirish muhokamasi rus tilida olib borilmoqda
Ayni vaqtda «Poytaxt» biznes markazida «O‘zbekistonda teleradioeshittirish sohasining huquqiy asoslarini yanada rivojlantirish» mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tmoqda. Unda soha rivoji bilan bog‘liq bir qator masalalar ko‘rib chiqilishi ko‘zda tutilgan.
Ushbu yig‘ilishni AOKA axborot siyosati boshqarmasi boshlig‘i Dilshod Saidjonov ochib berdi. Shundan so‘ng Oliy Majlis Qonunchilik palatasi qo‘mita raisi Ilhom Abdullayev «Teleradioeshittirishlar to‘g‘risida»gi qonun loyihasi borasida ma’ruza qildi.
Davra suhbati rus tilida olib borilmoqda. Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasida 70 ta telekanal va 37 ta radiokanal faoliyat olib boradi. Ular orasida sof rus tilida ishlaydigan birorta telekanal yo‘q, faqat ikkita radiokanal rus tilida o‘z eshittirishlarini uzatadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter