Taniqli aktyor Armen Jigarxanyan vafot etdi

Armen Jigarxanyan.
Sobiq ittifoqning taniqli aktyori Armen Jigarxanyan bugun, 14 noyabr kuni ertalab 86 yoshida vafot etdi.
«Yurak urishi ertalab soat oltida to‘xtadi», degan uning do‘sti. Aktyorning o‘limiga uning yoshi va kasalligi sabab bo‘lgan. So‘nggi yillarda Jigarxanyan tez-tez kasalxonaga yotqizilgan.
Armen Jigarxanyan 1935 yil 3 oktyabrda tug‘ilgan. 1996 yildan beri u Moskva drama teatri prezidenti va badiiy rahbari edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter