Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Surxondaryoda o‘tadigan baxshichilik festivalining eng yosh baxshisi — 5 yoshda (video)

Surxondaryoda o‘tadigan baxshichilik festivalining eng yosh baxshisi — 5 yoshda (video)

Oribov G‘olibjon G‘ulomjonovich 2013-yil 29-sentyabrda Surxondaryo viloyati, Muzrabot tumanida tug‘ilgan. U hozir 5 yoshda va Surxondaryo viloyati Termiz shahrida o‘tkaziladigan I Xalqaro baxshichilik san’atining eng yosh baxshisi sifatida ko‘pchilik e’tiborida bo‘lib turibdi. Bu haqda Baxshichilik festivali matbuot xizmati xabar berib o‘tdi.

G‘olibjon Oribov 2 yoshidan bog‘chaga borib rus tilini o‘rgangan. Onasi Temirova Sevaraning mutaxassisligi ingliz tili, tog‘asi Temirov Iskandar esa Toshkent madaniyat institutini bitirgan, mutaxassisligi aktyor. G‘olibjonga iqtidor va san’at tog‘asi Iskandardan o‘tgan bo‘lsa ajabmas.

Ushbu festival nafaqat tadbir ishtirokchilarini, balki yoshlarni ham birdek jalb qilmoqda. G‘olibjon yoshligidan zehni o‘tkir, qiziquvchan, rasm chizishga, ularni har-xil ranglarga bo‘yashga, she’r yodlashga, qo‘shiq aytishga va raqsga tushishga juda qiziqadi.



Hozirda Termiz shahridagi 15-MTM tarbiyalanuvchisi bo‘lib, bog‘chada ham bayram tadbirlarida faol ishtirok etadi. Shu bilan birga Termiz shahridagi 22-son bolalar musiqa, san’at va baxshichilik maktabida ham tahsil olmoqda. U «baxshilik» yo‘nalishining 1-sinf o‘quvchisi, shu yo‘nalishda ta’lim berayotgan Mahammad Baxshi Eshboyevdan baxshilik san’atining sir-sanoatlarini o‘rganib kelyapti.

G‘olibjon ko‘plab tadbir va tanlovlarda ishtirok etib, yuqori natijalarga erishgan. Xalqaro baxshichilik san’ati festivaliga tayyorgarlik davomida esa eng yosh baxshi bo‘lib turibdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring