Stiven King o‘zbekistonlik qizga o‘z asarini sotdi
![Stiven King o‘zbekistonlik qizga o‘z asarini sotdi](https://static.xabaruz.com/crop/6/3/720_460_95_638299512.jpg)
S.A.Gerasimov nomidagi VGIK Toshkent filiali talabasi Gulnora Ivanova yozuvchi Stiven King bilan shartnoma tuzib, 1981 yilda yozilgan «Qo‘l berib ko‘rishmagan odam» qissasini kinoga olish huquqini 1 dollarga sotib olgan.
Qo‘rqinchli janrdagi «Tegish» qisqa metrajli filmi allaqachon Malayziyada bo‘lib o‘tgan «Nitiin International Film Festival»da «Eng yaxshi triller» nominatsiyasida g‘olib bo‘lgan va Student World Impact Film Festival kinofestivalining diplomi bilan taqdirlangan.
Universitet ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda Gulnora «Ko‘zingni och» nomli yangi filmini suratga olyapti.
Uning treyleri Panamadagi The Panama Series Festival festivalida «Eng yaxshi treyler» nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter