Sitorai Mohi Xossa mansabdorlariga jinoiy ish ochildi

«Sitorai Mohi Xossa» tarixiy majmuasi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Madaniy merosni himoya qilish inspeksiyasi hamda Madaniy meros agentligi tomonidan «Sitorai Mohi Xossa» tarixiy majmuasidagi restavratsiya ishlari holati o‘rganildi.
O‘rganish davomida ta’mirlash ishlari madaniy meros ob’yektlarini restavratsiya qilish talablariga zid ravishda olib borilgani aniqlangan.
«Xususan, ta’mirlash-restavratsiya loyihalari maxsus Ilmiy-ekspert kengashi bilan kelishilmagan, tegishli ruxsatnomalar olinmagan va yana bir qator talablar qo‘pol ravishda buzilgan. Majmuada restavratsiya ishlari noto‘g‘ri olib borilgani tufayli saroyning bir qator qismi tarixiy va badiiy ahamiyatini butkul yo‘qotgan.
Agentlik tomonidan o‘rganish ishlari yakunlari huquqiy baho berish uchun Bosh prokuraturaga taqdim etildi. Ayni vaqtda Bosh prokuratura tomonidan mazkur holatlar bo‘yicha mutasaddi mansabdor shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ularning harakatlariga huquqiy baho berilmoqda», deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun: «Sitorai Mohi Xossa» majmuasi Buxoro amirlarining yozgi saroyi hisoblanib, asosiy binolar amir Mir Sayyid Olimxon (1911-1920 yillar) hukmronligi davrida qurilgan. Hozirda muzey sifatida faoliyat yuritayotgan majmuaga yiliga 158 ming (shundan 63 ming nafari xorijiy) sayyoh tashrif buyuradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter