Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shoir Rauf Parfiga «Turon xalq shoiri» unvoni berildi

Shoir Rauf Parfiga «Turon xalq shoiri» unvoni berildi
Marhum shoir Rauf Parfiga «Turon xalq shoiri» unvoni berildi. Bu haqda shoir Amir Xudoyberdi xabar berdi. 
 
«Kecha Turon Fanlar Akademiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bunda juda ko‘p masalalar ko‘rib chiqildi. Eng quvonarlisi shundaki, ustozimiz Turkiy dunyoning buyuk shoiri, xalq shoiri Rauf Parfiga (vafotidan keyin) «Turon xalq shoiri» unvoni berildi»,—deya yozadi shoir.
 
Shuningdek, bu unvon qo‘qonlik marhum shoir Anvar Yunusovga ham (vafotidan keyin) berilgan.
 
Diplom va oltin nishonlar tegishli muzeylarga topshiriladi.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring