Shohruxxonning Bobur haqida kinoserial olishi bo‘yicha tarqalgan xabarga izoh berildi

Internetda «Bollivud yulduzi Shohruxxon O‘zbekistonda Boburiylar saltanatining poydevori hisoblangan Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodi yuzasidan kinoserial tasvirga olish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirligi bilan kelishuvga erishdi.
Ushbu serial 2 ta fasldan iborat bo‘lib, unda Bobur Mirzoning yoshligidan Hindiston hududlarini bosib olgan davrlari hamda avlodlarining hayotiy faoliyati tasvirga olinadi» mazmunidagi xabar tarqaldi.
O‘zbekiston Madaniyat vazirligi mazkur xabarni inkor etdi.
«Madaniyat vazirligi mazkur xabar asossiz yolg‘on ma’lumot ekanligini va bu borada vazirlik Bollivud kino ijodkorlari bilan kelishuv imzolamaganini ma’lum qiladi»,- deyiladi vazirlik xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter