Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bollywood yulduzi Shohruxxon Umra ziyoratini amalga oshirdi (foto)

Bollywood yulduzi Shohruxxon Umra ziyoratini amalga oshirdi (foto)

Kecha, 1 dekabr kuni Bollywood yulduzi Shohruxxon muqaddas Makka shahrida Umra ziyoratini amalga oshirdi. Bu haqda New Delhi Television Limited ma’lum qildi.

Bollywood yulduzi Shohruxxon Saudiya Arabistonining Makka shahrida ko‘zga tashlandi. Superyulduzning oq kostyum va niqobda Umra (Islomiy ziyorat)ni bajarayotgani aks etgan bir qancha suratlari internetda tarqaldi.

Shohruxxon o‘zining rasmiy Twitter sahifasida ham Umra ziyoratini amalga oshirayotgani tasvirlangan suratni namoyish etib, post tagiga quyidagicha izoh qoldirgan:

Изображение

«Shohruxxon Makka Sharifda Umra ziyoratini qilmoqda».

Ma’lumot uchun, Shohruxxonning otasi musulmon, onasi esa hind bo‘lgan. Aktyorning o‘zi Islom diniga e’tiqod qiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring