Shavkat Mirziyoyev Halima Xudoyberdiyevaning yaqinlariga ta’ziya bildirdi
O‘zbekiston xalq shoiri, atoqli jamoat arbobi Halima Ummatqulovna Xudoyberdiyeva 2018-yil 17-avgust kuni 71 yoshida vafot etgani haqida xabar bergan edik.
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va hukumat a’zolari (N.Yo‘ldoshev, N.Ismoilov, A.Aripov, S.Saidov, O.Hojiyeva) marhumaning yaqinlari va oila a’zolariga hamdardlik izhor qilishdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
«Xalqimizning ardoqli farzandi, mehribon ustoz, samimiy va kamtarin inson Halima Xudoyberdiyevaning yorqin xotirasi qalblarimizda hamisha saqlanib qoladi», deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter