Samarqand hokimi viloyat teatr jamoalariga avtobuslar sovg‘a qildi
Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov viloyatdagi to‘rt teatr jamoasiga zamonaviy «Isuzu» avtobuslari sovg‘a qildi. Bu haqda «O‘zA» yozmoqda.
Erkinjon Turdimov viloyatdagi madaniyat dargohlari moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash, soha xodimlarini ijtimoiy muhofaza qilish masalalariga joriy yilda alohida e’tibor qaratilishini ta’kidlagan. Viloyatdagi to‘rt davlat teatri binolari, xodimlar va tomoshabinlar uchun yaratilgan shart-sharoit o‘rganilib, zamonaviy imkoniyat va qulayliklar yaratilishi bildirilgan.
Samarqand viloyati qo‘g‘irchoq teatr direktori I.Sultonovning aytishicha, endi viloyatning olis hududlaridagi ta’lim muassasalariga borib, bolalar uchun o‘z spektakllarimizni namoyish eta olish imkoniyati bo‘ladi.
E.Turdimov shuningdek, Samarqand viloyati musiqali drama teatriga borib, bu yerda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga zarur topshiriqlar bergan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter