Ruslan Ishdavletov 50 soat tinmay fortepiano chalib jahon rekordini o‘rnatdi
![Ruslan Ishdavletov 50 soat tinmay fortepiano chalib jahon rekordini o‘rnatdi](https://static.xabaruz.com/crop/1/3/720_460_95_1325212404.jpg)
Sankt-Peterburglik pianinochi Ruslan Ishdavletov fortepiano chalish davomiyligi bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatdi. U 25-27-sentyabr kunlari jami 50 soat tinmay fortepiano chaldi.
![](https://xabar.uz/static/uploads/29/720__SjW8GtplASi5-4AmT9RXnbxtMbiasp1p.jpg)
Shu tariqa u oldin o‘zi o‘rnatgan 42 soat 24 daqiqalik rekordni yangiladi.
Ruslan fortepiano chalishni 25-sentyabr, juma kuni boshlab, 27-sentyabr, yakshanba kunining birinchi yarmida to‘xtatgan. O‘tgan 50 soat davomida joyidan qimirlamagan, tetiklikni saqlash uchun energetik ichimliklar tugul hatto suv ham ichmagan.
Ishdavletovning aytishicha, bu marafon hozircha oxirgisi, dam olishi kerak.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter