Qo‘shiqchilarni litsenziyadan mahrum qilish bilan tanilgan tashkilot rahbari ishdan bo‘shadi
10-iyun kuni «O‘zbekkonsert» davlat muassasasida navbatdan tashqari yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishni madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov olib borgan. Unda tashkiliy masala ko‘rilib, 2017-yildan buyon muassasaga rahbarlik qilib kelgan Odiljon Abduqahhorov boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan muassasa direktorining ijodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Alisher Jamoldinov vaqtincha direktor vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Alisher Jamoldinov 1975-yilda tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. 1999-yilda Muxtor Ashrafiy nomidagi Toshkent davlat konservatoriyasining sharq musiqasi fakultetini tamomlagan.
Eslatib o‘tamiz, o‘z vaqtida «O‘zbekkonsert» san’atkorlarni litsenziyadan mahrum qilishi bilan ancha muhokamalarga sabab bo‘lgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter