Qirg‘izistonlik o‘ymakor usta Qur’oni karimning 20 oyatini yog‘ochga o‘yib yozdi
Qirg‘izistonda yog‘och o‘ymakorligi san’ati bilan mashhur bo‘lgan 69 yoshli rus rassomi, dekoratori va dizayneri Vladimir Gorovoy Qur’oni karimning 20 oyatini yog‘ochga o‘yib yozdi. Bu haqda «Sabah.com» sayti ma’lum qildi.
Mo‘’jazgina ustaxonasida 3 ming yillik tarixga ega san’atni qayta jonlantirish bilan 14 yildan beri shug‘ullanib kelayotgan usta ijodida turli ranglardan, yog‘och qoplamalardan, model pichoq, oq yelim, zichlash jihozi va mumdan foydalanadi.
Qirg‘izistonda yagona hisoblangan yog‘och o‘ymakori Gorovoy Qirg‘iziston prezidentining majlislar zalini hamda Rossiya va Qozog‘iston rahbarlarining saroy va ishxonalarini bezagan.
«Ko‘rgazmaga tayyorlanayotganimda xayolimga oyatlarni yozish fikri keldi. Chunki Qur’oni karim oyatlari juda go‘zal xattotlik namunasidir. Qirg‘iziston muftiysiga murojaat qildim. U menga Qur’ondan 20 oyat yozib berdi. Oyatlardan biri islomni qabul qilishga da’vat ekan. Ularni yog‘ochga o‘yib yozarkanman, ruhim juda tetiklashdi, o‘zimni yengil his qildim. Hozir men buyurtmachilarning talabini emas, o‘zimning ichki ehtiyojimni qondirayotgandekman», — dedi Vladimir Gorovoy.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter