Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident maqom festivali uchun nega aynan Shahrisabz tanlanganini izohladi

Prezident maqom festivali uchun nega aynan Shahrisabz tanlanganini izohladi

Foto: «President.uz»

Bugun, 6-sentabr kuni Shahrisabz shahrida Xalqaro maqom san’ati anjumanining tantanali ochilish marosimi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zlagani haqida xabar bergandik.

Prezident o‘z nutqida O‘zbekistonning boy madaniy tarixi haqida gapirar ekan, Xalqaro maqom festivalini o‘tkazish uchun nega aynan Shahrisabz tanlangani sababini aytib o‘tdi.

«Bugungi san’at forumini aynan Shahrisabz shahrida tashkil etganimiz bejiz emas, albatta.

Bu shahar o‘zining 2700 yillik ko‘hna tarixi davomida og‘ir va mashaqqatli sinovlarni, tahlikali zamonlarni o‘z boshidan kechirdi. Ammo har qanday murakkab davrlar, urush va bosqinlar, tabiiy ofatlar ham uni tarix sahifasidan o‘chira olmadi.

Shahrisabz buyuk sarkarda va davlat arbobi, madaniyat va san’at homiysi Sohibqiron Amir Temur bobomiz kamolga yetgan mo‘’tabar maskan sifatida ham dunyoga ma’lum va mashhurdir.

Bu shahar qadim-qadimdan ulug‘ alloma va shoirlari, san’at va madaniyat ahli, qo‘li gul ustalari, mohir hunarmandlari bilan shuhrat qozonib keladi. Uning bag‘ridagi noyob me’moriy obidalar, nodir yodgorliklar bu haqiqatni yaqqol tasdiqlaydi.

Bugungi kunda xalqimizning bunyodkorlik salohiyati, fidokorona mehnati bilan Shahrisabz yurtimizning eng obod maskanlaridan biriga, zamonaviy madaniyat va turizm markaziga aylanib borayotgani barchamizni quvontiradi», dedi Shavkat Mirziyoyev.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring