Ozodbek Nazarbekov chet ellik hamkorlar bilan uchrashdi
Kecha, 15 may kuni Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov chet ellik hamkorlar bilan uchrashdi. So‘nggi yillarda yurtimizga bo‘lgan qiziqish xorijlik investorlar tomonidan oshib bormoqda.
Madaniyat va san’at sohasida ham investitsiyalarni keng jalb etish maqsadida samarali ishlar rejalashtirilgan.
Bu masalada Madaniyat vaziri Janubiy Koreyaning «Tripl Graund Koreya» kompaniyasi tomonidan maxsus ta’sis etilgan «UMID TARBIYA GROUP» MChJ XK rahbari Jon Song Yong bilan 20 mln. AQSh dollari miqdoridagi davlat xususiy sheriklik asosida hamkorlik qilishni kelishib oldi.
Yu.Tiora bilan Alisher Navoiyning «Sab’ai sayyor» dostonini ifoda etuvchi teatr-tomosha ko‘ngilochar markazining loyihasi ustida muzokaralar olib borildi. Loyihaning umumiy qiymati 7 mln AQSh dollari miqdorida belgilandi.
Shu bilan birga, yana bir tadbirkor — «Madina-Muxlisa» MChJ rahbari A.Masharipov bilan Toshkent shahri, Uchtepa tumanidagi sobiq «Bog‘ishamol» bog‘i yonida zamonaviy madaniyat markazi, mehmonxona, bolalar uchun suv havzasi va madaniy ko‘ngilochar majmua barpo etishga kelishib olindi. Loyihaning umumiy qiymati 3 mln AQSh dollarini tashkil etadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter