Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi loyihasi bilan «Alisher Navoiy hikmatlari» kitobi nashr etildi

O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi loyihasi bilan «Alisher Navoiy hikmatlari» kitobi nashr etildi

O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi loyihasiga ko‘ra, «Alisher Navoiy hikmatlari» kitobi Bokuning «Nusxa» nashriyotida ozarbayjon va o‘zbek tillarida chop etildi.

Kitob O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti mumtoz Sharq adabiyoti kafedrasi bilan hamkorlikda yaratilgan va institut ilmiy Kengashi qarori bilan nashrga tavsiya etilgan.

Loyiha rahbari - O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktori Samir Abbosov, ilmiy maslahatchi - Tarix fanlari doktori, Professor Bahrom Aduxalimov, noshir - tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori Komiljon Rahimov, O‘zbek tilidagi matnlarni moslashtirish Ozarbayjon Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Shohmamed Tog‘laro‘g‘li, Ozarbayjon tilidagi matnlarni moslashtirishni Ozarbayjon Yozuvchilar uyushmasi faxriy a’zosi Shahlo Qosimova tomonidan amalga oshirilgan, muharrirlar – filologiya fanlari nomzodi Salimahon Eshonova va filologiya fanlari doktori Karimulla Mamadzoda.

Kitobda shoirning turli asarlaridan o‘rin olgan hikmatli so‘zlari va ibratli iboralari jam bo‘lgan. Bu kalomlar yozilganidan beri asrlar o‘tgan bo‘lishiga qaramay, ular hozirgi kunga qadar o‘z ta’sir kuchini, tarbiyaviy ahamiyatini saqlab qolgan.

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, «Alisher Navoiy hikmatlari» asari o‘zbek va butun turk dunyosining buyuk shoiri Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligi munosabati bilan ozarbayjon tiliga tarjima qilinib nashr etilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring