O‘zbekiston xalq shoiri Oxunjon Hakimov vafot etdi
26-mart kuni O‘zbekiston xalq shoiri Oxunjon Hakimov 86 yoshida vafot etdi. Bu haqda Gazeta.uz nashri xabar berdi.
Ma’lumot uchun, 1934-yilda tug‘ilgan Oxunjon Hakimov Farg‘ona davlat pedagogika institutini tugatgan. Viloyat va respublika markaziy gazetalarida, «Mehnat va turmush» jurnalida faoliyat ko‘rsatgan. Uning yigirmadan ortiq she’riy to‘plamlari va bir qator qissalari yaratilgan.
U «Ilhom vodiysi», «Farg‘ona ruboiysi», «Vatan qasidasi», «Lirika», «Dostonlar», «Ko‘zlaringni o‘zi qora», «Qizlar xayol sursalar» kabi she’riy to‘plamlari muallifi sanaladi.
Oxunjon Hakimov «Mehnat shuhrati» ordeni bilan mukofotlangan. 2006-yilda «O‘zbekiston xalq shoiri» unvoni berilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter