O‘zbekiston san’ati judolikka uchradi
Serqirra ijodkor, o‘zbek animatsiya va dublyaj san’atiga beqiyos hissa qo‘shgan aktrisa, rejissyor Svetlana Murodxo‘jayeva bugun 81 yoshida vafot etgan.
Bu haqda jurnalist Shoira Raufboyeva xabar berdi.
U 50 dan ortiq animatsion filmlarga hamda bolalar uchun suratga olingan kartinalarga ovoz bergan.
Animator rejissyor sifatida «Botirning baxti», «Toshbaqacha», «Sehrli kiyik», «Deyarli o‘ylab topilmagan voqea» kabi bir qancha animatsion filmlarni suratga olgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter