Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston Rossiya bilan hamkorlikda film suratga olmoqda

O‘zbekiston Rossiya bilan hamkorlikda film suratga olmoqda

«O‘zbekkino» Milliy agentligi Rossiyaning «Masterskaya» kinokompaniyasi bilan hamkorlikda «O‘zbekiston. Yangilanayotgan tarix» hujjatli filmi ustida ishlamoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2020 yil 20 noyabr kuni «O‘zbekfilm» kinostudiyasiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlari ijrosi yuzasidan suratga olinayotgan ushbu film O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligiga bag‘ishlanadi. Unda yurtimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar haqida hikoya qilinadi.

Film ijodkorlari joriy yilning fevral oyida tasvirga olish ishlari bilan Toshkent shahriga tashrif buyurishdi.

Shu o‘rinda ta’kidlab o‘tish joizki, «Masterskaya» kinokompaniyasi Rossiyaning eng yirik hujjatli filmlar ishlab chiqaruvchi tashkiloti hisoblanadi. Kinokompaniya tomonidan ishlab chiqarilgan filmlar «ORT» hamda «Rossiya» telekanallari orqali namoyish etib boriladi.

«O‘zbekkino» Milliy agentligi Axborot xizmati

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring