O‘zbekiston kinochilari Kann festivalida: 4-kun
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi va Kinematografiyani rivojlantirish markazi tashabbusi bilan Kann xalqaro festivali doirasida tashkil etilgan milliy pavilonda xorijiy mamlakatlar va kompaniyalar bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatilmoqda.
Jumladan, festivalning to‘rtinchi kunida Italiya film komissiyasi vakillari, hindistonlik distribyuterlar, Xitoy delegatsiyasi, Janubiy Koreyada tashkil etiladigan xalqaro festival direksiyasi, Qozog‘iston delegatsiyasi a’zolari bilan muzokaralar olib borildi.
Kunning eng muhim voqeasi sifatida O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan «Prolog» xalqaro kinofestivali hamda Qozog‘istonda tashkil etiladigan «Yevroosiyo» xalqaro festivali o‘rtasida hamkorlik aloqalarining o‘rnatilishini aytish mumkin.
O‘zbekiston delegatsiyasining tavsiyasiga binoan o‘zbek rejissyori Yolqin To‘ychiyev «Yevroosiyo» kinofestivalida, Qozog‘iston delegatsiyasining tavsiyasiga ko‘ra Qozog‘iston xalq artisti Asanali Beshimov «Prolog» festivalida hakamlar hay’atidan o‘rin olishadi.
O‘zbekiston delegatsiyasi vakillari pavilonga tashrif buyurgan mehmonlarga O‘zbekiston film komissiyasi, «Prolog» xalqaro kinofestivali hamda «O‘zbekkino» Milliy agentligi tomonidan tashkil etilgan Respublika kinoprokat markazi faoliyati haqida axborot berib, xorijlik hamkasblar bilan tajriba almashishmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter