Toshkentdagi muzeyda eksponatni soxtasiga almashtirgan shaxs 9 yilga qamaldi
O‘zbekiston davlat san’at muzeyida XIX-XX asrlarga tegishli so‘zana soxtasiga almashtirilgani aniqlandi. Bu haqda Madaniyat vazirligi Xabar.uz’ga ma’lum qildi.
Xabarda aytilishicha, 2014 yil Madaniyat vazirligi tomonidan inventarizatsiya o‘tkazish jarayonida so‘zana san’at asari asliga mos kelmasligi aniqlangan.
Tuzilgan dalolatnoma asosida O‘zbekiston davlat san’at muzeyining o‘sha davrdagi Bosh muhofizi M.Usmonov tomonidan tarixiy eksponat soxtasiga almashtirilgani aniqlangan. So‘zananing asliga mos kelmasligi to‘g‘risida 2014 yil 28 may kuni 4-sonli dalolatnoma tuzilgan.
Bu ishlar yuzasidan vakolatli davlat tashkilotlari qarori asosida xukm chiqarilgan, Bosh muhofizga 9 yilu 3oyga ozodlikdan mahrum etish jazosi belgilangan.
Hozirda tarixiy eksponatni xorijdan qaytarish (restetutsiya) choralari ko‘rilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter