«O‘zbekiston adabiyoti va san’ati» gazetasi bosh muharriri o‘zgardi
O‘zbekistondagi taniqli bosma nashrlardan biri «O‘zbekiston adabiyoti va san’ati» gazetasiga yangi bosh muharrir tayinlandi.
Bu vazifaga shu paytga qadar «Hurriyat» gazetasida bosh muharrir vazifasini bajarib kelgan O‘ktam Mirzayor tayinlangan. Ushbu xabarni «Hurriyat» gazetasi bosh muharriri o‘rinbosari Abdumajid Azimov tasdiqladi.
Aytish kerakki, «O‘zbekiston adabiyoti va san’ati» gazetasini shu paytga qadar Yozuvchilar uyushmasi raisi Sirojiddin Sayyid boshqarib kelayotgan edi.
Ayni paytda «Hurriyat» gazetasiga kim bosh muharrir etib tayinlanishi ma’lum emas.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter